Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Binance” kripto-birjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda “Binance o‘z faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” kripto-birjasi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda rezidentlarning platformaga kirishi coinpay.uz orqali amalga oshiriladi.

Foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va “Uzcard” va “Humo” to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarishlari mumkin. Tizim platformalarning barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashuv yakunlangan keyin ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, agentlik o‘zbekistonliklarni kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishga qat’iy chaqirdi.

“Binance"ning O‘zbekistondagi faoliyati

2022-yilning avgust oyida “Binance” va boshqa xalqaro birjalar veb-saytlari O‘zbekistonda bloklandi. Bunga ularning tegishli litsenziyaga ega emasligi, platformalar hech qanday yuridik javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasligi, tranzaksiyalarning qonuniyligi, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘ri saqlanishi va maxfiylik kafolatlanmaganligi sabab bo‘ldi.

O‘sha yil oxirigia borib, kripto-birja O‘zbekistonda bosh menejer uchun vakansiya ochgani ma’lum bo‘ldi. Bu rolda menejer yangi bozor uchun strategiyalar, harakat rejalari va biznes modelini ishlab chiqishi belgilangan.

2024-yil boshida O‘zbekistonda faoliyatini tashkil etish uchun tegishli litsenziya olmagani va yana bir qator qonun buzilish holatlari sabab, ILMA “Binance"ni 102 mln so‘m jarima tortdi.

Fevral oyida agentlik direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pak jarima to‘lamaganligi uchun kripto-birja sudga berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, agentlik p2p tranzaksiyalarini nazorat qilishning samarali mexanizmi yo‘qligi sababli uni qonuniylashtirishni rejalashtirmaganini aytdi u.

Agentlikning ma’lum qilishicha, bu bo‘yicha tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan. O‘tgan yilning 26-martidan 7-iyunigacha “Binance” vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakunlanib, jarima undirish haqida qaror qabul qilgan. ILMA kripto-birja sud talablarini bajarib, jarimani to‘liq to‘laganini bildirdi.