2024-yilning dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan dekabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

2024-yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Xususan:

  • “Onix”: o‘rtacha foydalanilgan — 3,6%ga ($14000dan $13500ga), ko‘p foydalanilgan — 4,4%ga ($13600dan $13000ga);
  • “Lacetti”: ko‘p foydalanilgan — 1,3%ga ($13500 dan $13327ga);
  • “Cobalt”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,6%ga ($12500 dan $12 300 ga) , ko‘p foydalanilgan — 0,8%ga ($11 800 dan $11 700 ga);
  • “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan — 0,9%ga ($11500 dan $11400ga);
  • “Spark”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,0%ga ($10400dan $10300 ga), ko‘p foydalanilgan — 0,5%ga ($9346dan $9300ga);
  • “Damas”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,2%ga ($8100dan $8000ga), ko‘p foydalanilgan — 1%ga ($7503dan $7 300ga) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda “Malibu” hamda “Tracker” avtomobil narxlari pasaygan bo‘lsa, “Equinox” narxida biroz oshish kuzatildi.

Xususan:

  • “Malibu”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,4%ga ($29500dan $29100ga), kam foydalanilgan — 4,4%ga ($31000 dan $29650ga);
  • “Tracker”: o‘rtacha foydalanilgan — 1,7%ga ($18000dan $17700ga), kam foydalanilgan — 1,6%ga ($19000dan $18700ga) arzonlagan.

Ko‘p hamda o‘rtacha foydalanilgan “Equinox” narxlari esa mos ravishda 0,9% ($26265dan $26500ga) va 1,7% ga ($30000dan $30500ga) qimmatlashdi.

Elektromobil narxlari

Dekabr oyida yangi “BYD E2” ($17100) va “Song Plus EV Champion” ($28500) elektromobillari 1,7%ga, “BYD Han” ($32500) hamda “Yuan Up” ($21000) elektromobillari mos ravishda 1,2% va 1,9% ga arzonladi.

O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan “BYD E2” ($15970) va “Han” ($34500) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8% va 4,2%ga pasaygan bo‘lsa, BYD “Song Plus EV Champion” ($26600) hamda “Yuan Up” ($20500) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ko‘p foydalanilgan “BYD E2” ($15250), “Han” ($31750) va “Song Plus EV Champion” ($24050) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3%, 1,8% va 5,3%ga qimmatlashdi.

Xorijiy avtomobillar narxlari

Dekabrda “Chevrolet Monza” va “Kia Sportage” o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, “Kia K5”, “Seltos” va “Hyundai Tucson” avtomobil o‘rtacha narxlarida o‘sish kuzatildi.

Mazkur davrda “Chevrolet Monza” ($17000) va “Kia Sportage” ($29700) avtomobillarining o‘rtacha foydalanilgani mos ravishda 1,6% va 4,2%ga, ko‘p foydalanilgani 0,7% ($16900) va 3,2%ga ($29000) va kam foydalanilgani 0,3% ($18000) va 1,6%ga ($31500) arzonlashdi.

O‘rtacha foydalanilgan “Kia K5” ($27500), “Seltos” ($25500) va “Hyundai Tucson” ($31750) avtomobillari o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,3%, 2% va 2,4%ga, kam foydalanilgani uchun narxlar 0,4% ($29000), 1,4% ($26000) va 2%ga ($33500) oshdi.