Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tojikistonlik tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobiga Beshariq tumanida sig‘imi 2 ming tonna bo‘lgan suyultirilgan gaz saqlash ombori qurish niyati borligini ma‘lum qildi.

Tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalarga avtomobillar, ijtimoiy obyektlar va tuman aholisi uchun suyultirilgan gaz yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuvda keyingi hamkorlik masalalari va aniq takliflar qurilish uchun mos hududni ko‘zdan kechirish kelishib olindi.


Avvalroq O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

Mamlakatlar Oybek-Fotexobod chegara punkti va Andarxon savdo-logistika markazida savdo zonasini tashkil etish loyihasini olib bormoqda.