Qozog‘iston Rossiya bilan chegaradagi ikkita o‘tkazish punktini rekonstruksiya maqsadida vaqtincha yopmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Transport vazirligi qoshidagi Avtotransport va transport nazorati qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Alimbet (Rossiya tomonidan — Orsk) va Sirim (Mashtakovo) avtomobil chegara o‘tish punktlari yopiladi. Ular tegishlicha G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlariga qarashli.

Har ikkala nazorat-o‘tkazish punkti ham 1-fevraldan boshlab faoliyatini to‘xtatadi. Rejadagi rekonstruksiya ishlari 16 oygacha davom etishi mumkin.

O‘zbekiston Transport vazirligi tashuvchilarni yuk tashishni rejalashtirishda ma’lumotlarni hisobga olishga chaqirdi. “Rosgranskroy” ma’lumotlariga ko‘ra, Sagarchin-Jaysan va Ilek-Oqsoy chegara o‘tish joylari uchinchi davlatlar transporti uchun ochiq qoladi.

“Logirus” portali Orenburg viloyati hukumatiga asoslanib, Sirim-Mashtakovo o‘tish punkti Rossiya-Qozog‘iston chegarasining g‘arbiy qismidagi eng yirik chegara o‘tish joyi ekanligini qayd etadi. Uning kunlik o‘tkazuvchanlik quvvati 1000ta avtomobilni tashkil etsa-da, amalda mavsumga qarab kuniga 1700dan 2000gacha yuk mashinasi bu joydan o‘tmoqda.


Avvalrpq “Spot” Eron va O‘zbekiston yuk mashinalari uchun yig‘imlarni o‘zaro bekor qilgani haqida yozgandi.

Ikki tomonlama yuk tashishlar hamda yuklarni tranzit qilish uchun nol darajali tariflari amal qiladi.