Samarqandda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
“Sh.u.” MCHJ rahbari A.S. MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jelekinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” to‘rtta hududda 582 mln so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Jizzax va Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘istonda fuqarolar gaz tarmog‘iga, Toshkent shahrida esa elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.