Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini quradi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov va kompaniya bosh direktori King Lim Chin Fui o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekistonda “Five Petroleum” brendi ostida AYQShl tarmog‘ini yaratish masalasi muhokama qilindi. Xususan, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etishga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kompaniyaning mamlakat hududlarida transport-logistika infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar mamlakat yoqilg‘i-energetika sektori uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

ayqsh, five petroleum, malayziya, zapravka

2024-yilning yozida tarmoq O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev rahbari bilan bilan muloqot olib borgandi. Unda kompaniyaning mamlakatda AYQShlar tarmog‘ini qurish rejalari ma’lum qilindi. Dastlab Toshkentda, keyinchalik esa boshqa hududlarda bunday shoxobchalarni yaratish va uskunalar bilan jihozlashga kelishilgandi.

Bundan tashqari, King Lim alyuminiy bankalarini yetkazib berishda mamlakatdagi salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikka tayyorligini bildirgandi.

Kompaniya haqida:

Five Petroleum Malaysia” 2020-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Malayziya bo‘ylab 110 dan ortiq AYQShlarii boshqaradi. Shuningdek, 400 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ega “BHPetrol” kompaniyasining 60% ulushiga egalik qiladi.