“O‘zbekkosmos” agentligi 2035-yilga qadar mo‘ljallangan milliy kosmik dasturni ishlab chiqadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Spot” muxbiri.
Agentlik mazkur hujjatni ishlab chiqish uchun 4−5 ta konsalting kompaniyasini jalb qilgan. Strategiyaning asosiy maqsadi kelgusi 10 yil ichida kosmik tarmoqni rivojlantirishning asosiy vektorlarini aniqlashga qaratilgan. Xususan, dastur qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarni qamrab oladi.
Bu ma’lumotlardan foydalanish, birinchi navbatda, Yerni masofadan zondlash, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlar va sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi infratuzilmasini rivojlantirish masalalari", — dedi “O‘zbekkosmos” bo‘limi rahbari.
Shuningdek, Muhiddin Ibragimov ta’limga katta e’tibor qaratish, bu sohaga katta investitsiyalar yo‘naltirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. “O‘zbekkosmos” 2025-yil o‘rtalarida dasturni ishlab chiqish va taqdim etish niyatida.
Oktabr oyida “O‘zbekkosmos” Amerikaning “SpaceX” va Britaniyaning “Surrey Satellite Technology Ltd” (SSTL) kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston milliy kosmik dasturini yaratish bo‘yicha agentlikka ekspert maslahatlarini berishga tayyorligini bildirdi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari guruhini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi.