Xorijda ta’lim: Germaniyada DAAD granti asosida o‘qiyotgan Mahmudxo‘ja Mirzayev hikoyasi

Mahmudxo‘ja nima uchun Germaniyada ta’lim olishni tanlagani, qanday qilib DAAD grantini qo‘lga kiritgani, buning uchun talab etiladigan hujjatlar va grant taqdim etadigan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Tahririyatga xat: qanday qilib qonunchilikdagi noaniqlik kompaniyani bankrotlikka olib keladi?

“Spot” Mehnat kodeksining 333-moddasidagi noaniqlik tufayli bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona rahbarining xatini nashr qiladi. Tahririyat yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi Aleksey Niyazmetov bilan suhbatlashib, ushbu moddaning turlicha talqin qilinishiga sabab bo‘lgan omillar hamda bu vaziyatda qanday choralar ko‘rish zarurligi haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


40 km yo‘l, 3 ta yerosti avtoturargohi hamda tramvay yo‘lagi — “Yangi Toshkent"ning birinchi bosqich hududi haqida

Har bir yerosti avtoturargohi 230 ta avtomobil hamda 30 ta mototsikl sig‘imiga ega bo‘ladi. Piyodalar va velosipedlar uchun yer osti o‘tish yo‘lagi tashkil etilib, elektromobillar uchun 22 ta quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Bu selfi tushish emas” — “O‘zbekkosmos” mamlakatda kosmonavtlarni fazoga uchirish haqida

Muhiddin Ibragimov har bir fazogir olim yoki muhandis bo‘lishini, davlat manfaatlari uchun fazoda ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishi kerakligini ta’kidladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Muammoli mamlakatlarni chetlab o‘tishda muqobil logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqamiz” — Ilhom Mahkamov.
    Transport vaziri O‘zbekistonning transport-logistika va yuk tranziti bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
  2. “41 mlrd so‘m tadbirkorlarda qoladi” — Mubin Mirzayev markirovka qurilmalari xarajatiga soliqlarni kamaytirish haqida.
    Tamaki va pivo mahsulotlari chakana savdosi uchun tadbirkorlardan olinadigan oylik yig‘im budjetga 3 mlrd so‘m tushishini ta’minlaydi.
  3. 2024-yilda O‘zbekistonda qancha yangi avtomobil sotilgani ma’lum qilindi.
    Jami hajm — 402 ming donadan ortiq avtomobillarning qariyb 88%i “UzAuto Motors” hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yil davomida 17,1 ming dona “BYD” elektromobillari sotilgan.
  4. “Beshyog‘och” bozori o‘rnida 9 qavatgacha bino qurilishi mumkin — Qurilish vazirligi.
    Vazirlik renovatsiya hududida qurilish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha hech qanday topshiriq mavjud emasligini bildirdi.
  5. Muomaladagi naqd pul ulushi qisqardi, kartalarga pul o‘tkazmalari va valyuta xaridi oshdi — Markaziy bank.
    Shuningdek, eski banknotlar ulushi ikki baravarga qisqardi, 100 va 200 ming so‘mlik banknotlar esa naqd pul muomalasining 64%dan ortig‘ini tashkil etadi.
  6. Yangiyo‘lda sinov tarzida fuqarolarga “ijtimoiy karta” berila boshlandi.
    Kartalarni olish uchun arizalar Yagona portal, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi hamda “Inson” markazlari orqali qabul qilinadi.
  7. O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh ishga tushirilgani bilan internet bepul bo‘lmaydi — “O‘zbekkosmos”.
    Hozirda O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar bilan Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari guruhlarini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
  8. Bojxona deklaratsiyasisiz telefonni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi.
    2024-yilning kuzida Bojxona qo‘mitasi va UzIMEI deklaratsiya qilinmagan qurilmalarni aniqlash bo‘yicha integratsiyani yakunladi.
  9. “Binance” O‘zbekiston bozoriga kirmoqda — ILMA.
    Kripto-birja o‘z faoliyatini mahalliy “CoinPay” platformasi orqali amalga oshiradi.
  10. Dekabr oyida ikkilamchi avtomobillar narxlari qanday o‘zgardi?.
    O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar narxlari pasaygan bo‘lsa, ayrim mahalliy va xorijiy lyuks avtomobillar hamda elektromobillar narxlarida biroz o‘siz kuzatildi.