Toshkent hokimiyati poytaxt aholisiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildi.

Shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilmasi, balki aholining kundalik hayoti uchun ham jiddiy muammolar tug‘dirmoqda, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtomobil to‘xtash joylari va kirish yo‘llarining yo‘qligi haydovchilarning tez xarid qilish ehtiyojini qondirish uchun boshqa harakatlanuvchilar va piyodalarga noqulayliklar yaratmoqda.

Bundan tashqari, bunday qurilmalar irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv chiqarish kanallarini to‘sib qo‘yadi va bahor mavsumida hududlarni suv bosish xavfini oshiradi.

Bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, shaharning me’moriy ko‘rinishini buzadi, yashil hududlarga kirishni to‘sadi va umumiy shahar qiyofasiga zid keladi.

Ayni damda tegishli tahlillar olib borilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, deya ta’kidlanadi xabarda.

Hokimlik aholi va tadbirkorlarga turar-joy, maishiy va tijorat binolari bo‘yicha kadastr hujjatlarini shaharsozlik normalariga muvofiqligini tekshirishni tavsiya qildi. Shuningdek, fuqarolarga ko‘chmas mulk sotib olishda yuridik xizmatlar bilan maslahatlashish va ularning maqomini vakolatli organlar orqali tekshirishga chaqirildi.

2024-yilning fevral oyida Toshkent shahar hokimligi poytaxtda noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini xabar berdi.

Poytaxt hokimligi maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan fuqarolarni hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini sinchiklab tekshirishga chaqirildi.

Undan keyin, MIB poytaxtning Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan “Giotto” yozgi “terrasa"sini buzishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Tarmoq asoschisi Kemal Kaya noqonuniy binolarni demontaj qilish jarayonida shaffoflik mavjud emasligini ta’kidladi.

Aprel oyida Mirobod ko‘chasida bir nechta inshootlar — birinchi navbatda, umumiy ovqatlanish muassasalariga qo‘shimcha inshootlar demontaj qilindi. Bundan tashqari, may oyida Olmazor tumanidagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot tugatildi.


Avvalroq Toshkent hokimligi va Xitoyning “CSCEC” kompaniyasi deyarli $1 mlrdlik loyihalar bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilshicha, investor yo‘llarni rekonstruksiya qilish, qo‘shma korxona tashkil etish, ko‘priklar va turar joy majmuasini qurishni rejalashtirmoqda.