“Instagram” ijtimoiy tarmog‘i Reels roliklarini tahrirlash uchun yangi ilova — “Edit"ni taqdim etdi.
Ilova “TikTok"da post qilish uchun videolarni montaj qilish imkonini beruvchi “CapCut” nusxasi hisoblanadi.
“Instagram” rahbari Adam Mosseri aytishicha, “Edits” telefonda qisqa videolar yaratuvchilar uchun ishlab chiqilgan.
Ilovada kamera, tahrirlash vositalari, mashhur qo‘shiqlar ro‘yxati, qoralamalar yaratish va ularni boshqa ijodkorlar hamda do‘stlar bilan ulashish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
“Edits” ilovasida kameraga olish mumkin bo‘lgan videoning maksimal uzunligi — o‘n daqiqa. “Instagram"da yuklab olish sifati — 1080p.
Ilovani “App Store"da “oldindan buyurtma berish” imkoniyati mavjud. U 2025-yil 13-martdan boshlab ishga tushadi va rus tilini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu vaqtgacha kompaniya cheklangan doiradagi mualliflar orasida ulardan fikr-mulohaza olish maqsadida ilovani sinab ko‘radi. Android versiyasi esa keyinroq taqdim etiladi.
Avvalroq “Instagram” Reelsdagi maksimal video davomiyligini uch daqiqagacha oshirgandi.
Qayd etilishicha, “Instargam” AQShda “TikTok"ning taqiqlanishi fonida amaldagi cheklovni o‘zgartirgan.