“Instagram” rahbari Adam Mosseri 2025-yil 18-yanvarda o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.

“The Verge” nashrining yozishicha, yangi limit 2022-yil yozidan beri ijtimoiy tarmoqda amal qilayotgan 90 soniyalik chegaradan ikki barobar ko‘p bo‘ladi.

Mosserining aytishicha, foydalanuvchilarning iltimosiga ko‘ra cheklov o‘zgartirilgan, chunki ular 90 soniya “juda qisqa vaqt” ekanligini ta’kidlashgan.

Nashrning ta’kidlashicha, “Instagram” “TikTok"ning AQShda taqiqlanishi fonida Reels’dagi maksimal video vaqtini oshirdi.

“TikTok"da uch daqiqali videolar 2021-yilda paydo bo‘lgan. “TikTok” qisqa videolar tufayli mashhurlikka erishdi. 2023-yil fevral oyida kompaniya videolarning maksimal uzunligini 3 daqiqadan 10 daqiqagacha oshirdi. Ilgari videoning maksimal uzunligi 60 soniya edi.

Xitoy ijtimoiy tarmog‘i mamlakatdagi ilovalar do‘konlaridan g‘oyib bo‘ldi va foydalanuvchilarga xizmat endi mavjud emasligi haqida xabar berdi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” sinov videolari deb nomlangan yangi funksiyani ishga tushirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, funksiya obunachilarga ko‘rsatishdan oldin o‘z videolarini sinab ko‘rishni istaydigan ijodkorlar uchun mo‘ljallangan.