Marat Yuldashevich Jurayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
20-yanvar kuni bandlik vaziri Botir Zohidov rahbarligida vazirlik faoliyatidagi kelgusidagi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Marat Jurayev jamoaga tanishtirildi.
U bunga qadar prezident Administratsiyasi bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shubasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yilning dekabrida “Xalq banki” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zafar Azimov bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari, Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, avvalroq boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan Alisher Muratov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Bundan tashqari, Bosh vaziri kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Sirojiddin Boboqulov bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.