Xotin-qizlar uchun bepul SMM kursining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi kanalida ma’lum qilindi.
2024-yilning oktabr oyida loyiha doirasida poytaxt hokimligi 1000 nafar qiz SMM bo‘yicha bepul o‘qitilishini ma’lum qilgandi.
Birinchi mavsumda 500 nafar qiz kurslarda bepul o‘qitilib, ularga sertifikatlar topshirildi. Loyihaning ikkinchi mavsumida keyingi 500 nafar qizni o‘qitish rejalashtirilmoqda.
Unda Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha hamda vaqtincha ishsiz bo‘lgan qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Qabul qilinganlarga yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida quyidagilar o‘rgatiladi:
- ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
- targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
- grafik kontent yaratish;
- kopirayting;
- mobilografiya ;
- B2B sotuvlar;
- shaxsiy brend;
- portfolio yaratish va boshqalar.
Buning uchun nomzodlar joriy yilning 5-fevraligacha @smaktabbot Telegram-boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Batafsil ma’lumotlarni havola orqali olish mumkin.
Avvalroq “Kreativ inkubator” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.