“TikTok” AQShda platformaning taqiqlanishi haqidagi qonunning kuchga kirishi bilan bog‘liq muammolar fonida “X” ijtimoiy tarmog‘i bundan foyda olishga qaror qildi.

“Techcrunch” nashrining xabar berishicha, kompaniya AQShdan kelgan foydalanuvchilar uchun ilovaga qisqa videolavhalar sahifasini qo‘shdi. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoq amerikaliklarga videokontentga kirish huquqini qaytarmoqchi.

AQShda “TikTok” foydalanuvchilar soni taxminan 170 mln kishini tashkil etishini hisobga olinsa, bu “X"ga mamlakatda yanada mashhur bo‘lish imkonini beradi.

Bugungi kunda AQShdagi foydalanuvchilar video tomosha qilish uchun yangi qiziqarli xizmatdan foydalanishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu kompaniyaning platformada qisqa videolar xizmatini joriy qilishga birinchi urinishi emas. Biroq, ayni paytda ijtimoiy tarmoqning muvaffaqiyat qozonishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Ilgari ilova ishlab chiquvchilari video bo‘limi uchun dastlabki ko‘rinishni e’lon qilgan bo‘lsa-da, “X” yangi funksiyani ishga tushirish haqida birinchi marta rasmiy bayonot berdi.


Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga ularning qiziqishlariga qarab qisqa va uzunroq videolarni taqdim etadigan funksiyani ishga tushirishga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “X” ijtimoiy tarmog‘i dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Bu foydalanuvchilarga postlardagi yoqmagan izohlarga singan yurak shaklida maxsus belgi bilan javob berish imkonini beradi.