E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 22-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 984,44 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 20-yanvar kuni belgilangan 12 975,09 so‘m qiymatga nisbatan 9 so‘m 35 tiyinga qimmatladi.
22-yanvar kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan”, “O‘zsanoatqurilishbank “va “Infinbank"da 13 045 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 040 so‘mdan 12 995 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 950 so‘mdan 12 925 so‘mgacha yetdi.
21-yanvar kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 984,44 so‘mni tashkil qildi.
Bundan oldin dollar kursi besh marta rekordni yangilab, 20-yanvar kuni 12 975,09 so‘mni, 13-yanvar kuni 12 972,08 so‘mni, 8-yanvar kuni 12 962,98 so‘mni, 7-yanvar kuni 12 948,10 so‘mni, 4-yanvar kuni esa 12 942,01 so‘mni tashkil qilgandi.