“Plug and Play Uzbekistan” startaplar uchun akseleratsiya dasturining 4-bosqichiga arizalar qabul qilmoqda.
Dastur davomiyligi uch oy bo‘lib, ishtirokchilar venchur strategiyasi bo‘yicha qimmatli bilimlar, mahsulot yaratish va texnologik yechimlarni takomillashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, brending va o‘sishni tezlashtirish usullari bilan tanishish va bozorga kirish strategiyalarini o‘rganishadi.
Unga mentoring, resurslar va global kengayish imkoniyatini izlayotgan fintex, korporativ va AI startaplari, shuningdek, yuqori o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan, isbotlangan muvaffaqiyat va rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan startaplar ariza topshirishi mumkin.
Unda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar arizalarni joriy yilning 1-fevraligacha havola orqali jo‘natishlari kerak.
Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Kreativ inkubator” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
Unda san’at, dizayn, texnologiya hamda biznes kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 18−35 yoshdagi talaba va mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.