“Telegram” “The Open Network” (TON) bilan shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Endi “Telegram” “Toncoin"ni ichki xizmatlar uchun to‘lov uchun yagona kriptovalyutaga aylantiradi va “TON"dan tashqari har qanday blokcheynlar bilan integratsiyani taqiqlaydi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 21-fevralgacha unga o‘tish, yangi xizmatlar 21-yanvardan “TON” tizimida ishga tushirilishi kerak bo‘ladi.

“TON Connect” mini-ilovalarni kriptovalyuta hamyonlariga bog‘laydigan yagona protokolga aylanadi. Bunda kriptovalyutalar bilan “har qanday ko‘rinishda” ishlaydigan barcha mini-ilovalar ushbu protokolni o‘z tizimlariga joriy etishlari shart hisoblanadi.

Ma’lim qilinishicha, “yulduzlar” sotib olish, “Premium” obunani to‘lash va “Telegram Ads"da reklama joylashtirish kabi xizmatlar uchun faqat “Toncoin” bilan to‘lanadi. “Yulduzlar” uchun beriladigan mukofotlar va reklama daromadlarini ham faqat “Toncoin” orqali yechib olish mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda “Toncoin” kriptovalyutasi savdosi rasman yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.