Prezident Donald Tramp sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratish bo‘yicha eng yirik — “Stargate” loyihasi ishga tushirayotganini e’lon qildi. Bu haqda “CNN” nashri xabar bermoqda.

“Stargate” loyihasi doirasida sun’iy intellektning yangi infratuzilmasini barpo etish uchun kelgusi to‘rt yil mobaynida $500 mlrd mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Dastlabki $100 mlrd tezda bilan ajratilishi ta’kidlanmoqda.

“Stargate” “SoftBank”, “OpenAI”, “Oracle” va “MGX” kabi kompaniyalardan moliyaviy mablag‘ oladi. “SoftBank” asosiy moliyaviy hamkor sifatida ishtirok etadi, “OpenAI” esa operatsion boshqaruvni o‘z zimmasiga oladi.

Mazkur loyiha raisi lavozimiga “SoftBank” boshqaruv kengashi raisi Masayosi Son tayinlandi. Birinchi ma’lumotlarni qayta ishlash markazining qurilishi Texasda allaqachon boshlanib ketgan.

Loyiha sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash uchun jismoniy va virtual infratuzilmani, shu jumladan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, chiplarni ishlab chiqarish va texnologiyalar ishlashi uchun resurslarni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tashabbus AQShni qayta sanoatlashtirishga, milliy xavfsizlikni mustahkamlashga va global iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi.

OpenAI bosh direktori Sem Altman loyihani “zamonaviy tarixdagi eng muhim” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, AQSH sun’iy intellekt sohasida, ayniqsa, Xitoy bilan raqobat sharoitida jahon yetakchisi bo‘lib qolishi kerak.

donald tramp, loyiha, sun'iy intellekt

“SoftBank” raisi Masayoshi Son, “Oracle” raisi Larri Ellison, “OpenAI” bosh direktori Sem Altman (chapdan o‘ngga)

“Oracle” hammuassisi Larri Ellison shuni ta’kidladiki, “Stargate” yuqori texnologiyali sohalarda Amerika yetakchiligini ta’minlashning hal qiluvchi elementiga aylanadi.

Kompaniya loyihaning “butun dunyo uchun ulkan iqtisodiy manfaat keltirishini hamda AQSh va uning ittifoqchilari milliy xavfsizligini ta’minlashini” ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” Donald Tramp o‘z kriptovalyutasini taqdim qilgani haqida yozgandi.

Tramp taqdim qilgan memkoin narxi sotuvga chiqarilgandan keyin bir sutka ichida $70dan oshib ketdi.