“Samsung” yangi “Galaxy S25” smartfonlarini taqdim etdi
“Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga baholanib, sotuv 7-fevraldan boshlanadi.
Foto: Hi-Tech Mail
“Samsung” kompaniyasi “Galaxy S25” smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazdi.
Galaxy S25 и S25 Plus
Ikkala smartfon ham “Qualcomm Snapdragon 8 Elite” va 12 GB operativ xotira chiplari bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun: avvalgi “S24” modelida 8 GB operativ xotira mavjud edi.
Ekranlar — Dynamic AMOLED 2X, “S25” diagonali — 6,2 dyuym, “S25 Plus” — 6,7 dyuym. Eng yuqori yorqinlik — 2600 nit, “super suyuq” yangilanish chastotasi — 120 Gs.
Kameralar bir xil: 50 megapikselli, 12 megapikselli ultra keng burchakli va 10 megapikselli uch karra optik zumli teleobyektiv, shuningdek, 12 megapikselli frontal kamera.
Ikkala smartfon ham oldingilariga nisbatan yengilroq — “S25” 162 gramm va “S25 Plus” esa 190 gramm, hamda yupqaroq — tegishlicha 7,2 millimetr va 7,3 millimetr.
Mazkur modeldagi smartfonlar 4ta rangda bo‘ladi: ko‘k, havo rang, yalpiz rang va kul rang.
Galaxy 25 Ultra
Qalam bilan birga keladigan “Galaxy S25 Ultra” ham “Snapdragon 8 Elite” chipida ishlaydi, 12 GB operativ xotirani va 1 TBgacha ichki xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekran diagonali — 6,9 dyuym, og‘irligi — 218 gramm, qalinligi — 8,2 mm. “Galaxy S24 Ultra"ning diagonali 6,8 dyuym, og‘irligi 232 gramm va qalinligi 8,6 mm edi.
Smartfon to‘rtta orqa kamera bilan jihozlangan: 50 megapikselli ultra keng burchakli, 200 megapikselli keng burchakli va ikkita teleobyektiv — 10 megapikselli uch karra optik zum va 50 megapikselli besh karra. Frontal kamera — 12 MP.
Mazkur modeldagi smartfonlar ham 4ta — qora titan, kulrang titan, kumush titan va ko‘k titan ranglarida taqdim qilindi.
“Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga baholanmoqda. Oldindan buyurtma berish 22-yanvarda boshlanadi. Rasmiy sotuvlar esa 7-fevraldan boshlanadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Pasport-viza xizmatining Toshkentdagi vakolatxonasi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish taklifiga Rossiya tomoni rozi bo‘lgan.
Muassasalarni ochish uchun litsenziyani Pepsi va boshqa salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi International Beverages Tashkent kompaniyasi qo‘lga kiritdi. Unga butun Markaziy Osiyo hududini boshqarish taklif qilingan.
Shavkat Mirziyoyev global iqtisodiy vaziyatlarda dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar kuzatilishini eng katta xavf, deya baholadi.