Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Samarqand shahri va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Unda aniqlanishicha, “S.u.” MCHJ rahbari Sh.X. o‘ziga tegishli klubda, “S.e.” MCHJ ish boshqaruvchisi R.X. ishlab chiqarish sexida elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.

Buning natijasida jami 359,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Samarqandda qariyb 187 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va fermer xo‘jaligi umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.