2024-yilning dekabr oyidan boshlab “UzPost” butun O‘zbekiston bo‘ylab “Temu” va “Ozon” xorijiy marketpleyslarining buyurtmalarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda milliy pochta operatori matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

“Temu” — bu kiyim-kechak, aksessuarlar va elektronika kabi keng turdagi tovarlarni arzon narxlarda taklif qiluvchi xalqaro marketpleys. “Temu” Xitoyning “PDD Holdi"ngs kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u, shuningdek, Xitoydagi mashhur “Pinduoduo” marketpleysini boshqaradi.

Ayni paytda “UzPost” “Temu” bilan 10 tonnadan ortiq buyurtmalarni qayta ishlagan. Yetkazib berish to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qiluvchilarga, shu jumladan, olis hududlarga yetkazib beriladi.

Kompaniya “Temu” buyurtmalarini pochta bo‘limlaridan fuqarolarning o‘zlari olib ketishini joriy etish bo‘yicha platforma bilan muzokaralar olib bormoqda.

“Ozon” marketpleysining mijozlari endi butun mamlakat bo‘ylab 1,7 mingdan ortiq bo‘lgan “UzPost"ning eng yaqin bo‘limlaridan buyurtmalarini olishlari mumkin. Shuningdek, jo‘natmalarni uylaridan olishni afzal ko‘ruvchilar uchun manzilli yetkazib berish ham saqlanib qoladi.

Kompaniya xalqaro marketpleyslar bilan hamkorlik O‘zbekiston aholisi uchun mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilashga yordam berishini va mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

2023-yilning noyabr oyidan boshlab “Ozon” O‘zbekistonda mahsulotlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri savdosini yo‘lga qo‘ydi.

O‘tgan oktabr oyida marketpleys Toshkentda birinchi saralash markazini ochdi va mahalliy sotuvchilarni jalb qila boshladi. Kompaniya Farg‘ona, Termiz va Buxoroda uchta yangi saralash markazini ochishni, shuningdek, BTPlari sonini 1 500 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.