Qoraqalpog‘istonda energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganida “Q.M.” kompaniyasi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Ular korxona shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 1,1 mln kub metr gazni talon-toroj qilgan. Natijada, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘onada AI-80 benzinini ulgurji sotgan “zapravka"ning birja savdosidagi ishtiroki to‘xtatilgandi. Namangandagi 5ta AYQShda AI-92 benzini davlat standarti talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.