“Samsung” va “Google” kengaytirilgan reallik ko‘zoynagi (AR) ishlab chiqilishini e’lon qildi. Bu haqda “Bloomberg” nashri “Samsung” mobil bo‘linmasi rahbari Te Mun Roga tayanib xabar bermoqda.

Hozircha qurilmaning texnik tafsilotlari ham, taxminiy chiqish sanasi ham aniq emas. Tae Mun Ro so‘zlariga ko‘ra, kompaniya “qurilmaning kerakli sifati va tayyorligiga imkon qadar tezroq erishishga harakat qiladi.

“Google” va “Samsung"ning yana bir qo‘shma loyihasi bor: kompaniyalar “Project Moohan” ishchi nomi bilan aralash reallik garniturasini ishlab chiqmoqda.

U “Google” tomonidan xuddi shunday garnituralar va aqlli ko‘zoynaklar uchun maxsus ishlab chiqilgan Android XR platformasi asosida ishlaydi.


Avvalroq “Apple” aqlli ko‘zoynak ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida yozgandi.

Narxi $3499lik “Vision Pro” garniturasi o‘zini oqlamaganidan keyin “Apple” “Meta” ko‘zoynaklari bilan raqobatlasha oladigan qurilma yaratishga harakat qilmoqda.