O‘zbekistonda “Telegram"dagi reklama narxlari: kanallar reytingi va mutaxassislar fikri

“Tanish Bilish”, “Eight Media Maker” va “We Digital” “Spot"ga trendlar, yangi formatlar va integratsiyalar narxlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berib, o‘zbek va rus tili segmentlaridagi eng qimmat “Telegram"-kanallarining reytinglarini ham taqdim etdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Ermak” asoschisi Valijon Solixov tavsiya qilgan 5ta kitob

Tadbirkor “Spot” bilan biznesda ham, shaxsiy hayotda ham o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga, qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqishga, o‘zini to‘g‘ri odamlar bilan qurshashga va dunyoni chuqurroq tushunishga yordam bergan kitoblari bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Biz ikkilamchi sanksiyalar xavfiga jiddiy e’tibor qaratamiz” — Markaziy bank raisi

Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavflar doimiy ravishda saqlanib qolmoqda. Shuningdek, yangi sanksiyalar yuzaga kelganda banklarning harakat algoritmi ishlab chiqilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Boston universitetida grant asosida ta’lim olayotgan Fazliddin Ko‘lboyev hikoyasi

Fazliddin “Spot"ga qanday qilib grant yutgani, nima sababdan aynan AQShda ta’lim olishni tanlagani va universitetga hujjat topshirish jarayoni haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Qozog‘iston kartoshka eksportini vaqtincha to‘xtatdi.
    Qayd etilishicha, kartoshka narxining keskin oshishi fonida hukumat uchinchi mamlakatlarga eksportni olti oyga chekladi.
  2. Angliyadagi mavsumiy ishlarga tanlov qayta tashkil etiladi — Migratsiya agentligi
    “Hops Labour Solutions” tomonidan tashkil etilgan tanlov natijalari uchinchi shaxslar aralashuvi haqidagi xabarlar sabab bekor qilingan.
  3. Qizlar uchun bepul SMM kursining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinmoqda.
    Dasturga Toshkentda yashovchi 500 nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Arizalarni 5-fevralgacha onlayn jo‘natish kerak.
  4. O‘zbekiston gaz importini 2,4 barobarga, Xitoyga eksportni esa chorakga oshirdi.
    Mamlakat 2024-yilda ketma-ket ikkinchi yil tabiiy gazning sof importchisiga aylandi.
  5. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9 so‘m 35 tiyinga oshib, 12 984,44 so‘mni tashkil etdi.
  6. O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi.
    Unda robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
  7. “Samsung” yangi “Galaxy S25” smartfonlarini taqdim etdi.
    “Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga baholanib, sotuv 7-fevraldan boshlanadi.
  8. O‘zbekistonlik migrantlarga ipoteka krediti berish tizimi yaratiladi.
    Prezident olti oy ichida muntazam pul o‘tkazib kelayotgan fuqarolar daromadi hisobga olinadigan tizim yaratishni topshirdi.
  9. Endi erkaklar ham farzandi tug‘ilganda ta’tilga chiqishi mumkin.
    Bunda ularga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, qo‘shimcha ta’til beriladi. Deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
  10. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi.
    Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 9 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 3,7 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Hyundai yangilangan avtomobil modellarini yillik 14% stavkada kreditga taklif qilmoqda

23-yanvardan boshlab Janubiy Koreyaning Hyundai brendining yangilangan avtomobillarini yillik 14%dan boshlanadigan stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.

Bon!`ning eng katta filiali ochildi

Bon! qahvaxonalar tarmog‘i o‘z mehmonlarini quvontirishda davom etmoqda va tarmoqdagi eng katta — 26-filialini ochdi.