Hindistonning “Goldmedal Electricals” kompaniyasi kelajak avtobusini namoyish qildi. Bu haqda “Carcoops” nashri xabar berdi.
$2 mln qiymatidagi ushbu avtobus mashhur hind dizayneri Dilip Chabria rahbarligidagi DC2 Mercury studiyasi tomonidan yaratilgan.
U fazoviy kema va o‘ta tezkor poyezd unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Uning aerodinamik va egri-bugri shakldagi kuzovi, keng oynali yuzasi va butunlay yopiq g‘ildiraklari ilmiy-fantastik filmdan hozirgina chiqib kelgandek taassurot qoldiradi.
Kuzov 700ta aviatsiya kompozit qismlaridan tayyorlangan bo‘lib, yorqin qizil jilolanishli Satin Matte pardozi dizayning bo‘rttirib ko‘rsatadi.
Avtobusning katta eshiklari ochilganda, GM Futurliner donor avtobusidan meros qolgan standart asboblar panelini ko‘rish mumkin. Ammo, ichkariga kirib borgach, tashrif buyuruvchilar video o‘yin dekoratsiyalarini eslatuvchi makonga duch kelishadi.
Avtobus ichida qo‘shimcha joy hosil qiladigan uchta suriladigan gidravlik bo‘lim bilan jihozlangan. Bu qo‘shimcha joyda “Goldmedal Electricals” kompaniyasi o‘zining boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarini joylashtirgan: uy avtomatlashtirish tizimlari, LED yoritish moslamalari va elektrotexnik aksessuarlar.
Avtobusning ichki maydoni 10 mingdan ortiq sozlanadigan yorug‘likdagi LED chiroqlar bilan yoritilgan bo‘lib, mijozlar uchun qulay muhitni yaratadi. Bundan tashqari, dam olish hududlari va mini-bar mavjudligi bu ko‘chma ko‘rgazma zalini nafaqat foydali, balki tashrif buyuruvchilar uchun jozibali qiladi.
“Goldmedal Electricals” kompaniyasi ushbu noyob transport vositasini ishlab chiqish uchun 180 mln rupiya (taxminan $2 mln) mablag‘ sarfladi. Kompaniya o‘z sarmoyasini avtobus Hindiston bo‘ylab milliy sayohat davomida yaratadigan reklama orqali qaytarishni rejalashtirmoqda.
Avvaklroq “Spot” “Samsung” kamerali “Galaxy Buds” quloqchinini ishlab chiqayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, yangilik quloqchinlarga qo‘shimcha qurilma yoki aqlli ko‘zoynaklarning to‘liq o‘rnini bosishga imkon beradi.