2024-yilda O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Soli qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatdagi jami 63 ta IT-kompaniya 115,8 mlrd so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $8,96 mln) miqdorida soliqlar to‘ladi. Bu oldingi yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘pdir.

Shu bilan birga, ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi ham 1,5 baravarga o‘sib, 959 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bir yilda 8 ta xorijiy kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan. Mazkur mablag‘larning 99,9%i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘z navbatida, eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya 41,71 mlrd so‘m bilan “Meta” bo‘ldi. Undan keyingi uchlikni 28,9 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 27,3 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari egalladi.

Bunda “TikTok” 903 mln so‘m bilan birinchi marta eng yirik soliq to‘lovchilar o‘ntaligiga kirdi. O‘zbekistonda bloklangan mazkur ijtimoiy tarmoq 2023-yilning oktabr oyida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingandi.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta IT-kompaniyalar ro‘yxati:

Xorijiy kompaniyalar
To‘langan soliq miqdori

Meta
41,71 mlrd so‘m
Google
28,99 mlrd so‘m
Apple
27,28 mlrd so‘m
Amazon4,13 mlrd so‘m
Вooking.соm
3,64 mlrd so‘m
Netflix
1,42 mlrd so‘m
Zoom
1,39 mlrd so‘m
Acca1,24 mlrd so‘m
Xsolla
966,7 mln so‘m
TikTok903 mln so‘m

Avvalroq 2024-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar ma’lum qilingandi. O‘tgan yili 949 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan 123,3 trln so‘m soliqlar to‘langan bo‘lib, shundan 70,2 trln so‘mi davlat ulushi mavjud 10ta korxona hisobiga to‘g‘i keladi.