Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2025-yilgi davlat dasturi loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbari aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashni korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi

Prokuratura organlariga 2025-yilda aholi xonadonlari, kichik tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining kamida 40%ida quyosh panellari va suv isitish tizimlarini o‘rnatish orqali mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish vazifasi qo‘yildi.

bosh prokuratura, muqobil energiya, o‘zenergoinspeksiya, prezident, propan, quyosh panellari, suyultirilgan gaz, yashil energiya

Shohrux Aminov ushbu vazifalarning ijrosi “so‘zsiz” ta’minlanishini, bu borada o‘tgan yili Bosh prokuratura va hududiy prokuraturalarda topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tajriba yaratilganini qayd etdi. Bu tajriba asosida topshiriqlar ijrosi ustidan qat’iy prokurorlik nazorati o‘rnatiladi.

“Prezidentimiz tomonidan „Hududgazta'minot“ tomonidan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdagi qonunbuzarliklar jiddiy tanqid ostiga olindi va prokurorlarga mazkur sohani ham korrupsiyasiz sohaga aylantirish maqsadida taklif ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi”, — dedi u.

Shuningdek, Shohrux Aminov bu bo‘yicha bosh prokuratura “Hududgazta'minot” hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan birgalikda takliflar ustida ish olib borib, davlat rahbariga taqdim etilishini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Ilhom Ne’matullayev prezident ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni topshirganini ta’kidladi. Ulardan birinchisi atrof-muhit himoyasiga, ikkinchisi esa energiya resurslarini tejashga qaratilgan.

Xususan, inspeksiyaga 400 ta yirik sanoat korxonalarini energiya auditdan o‘tkazish va ularda energiya resurslarini tejashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi berildi. Ne’matullayev keyingi to‘rt yilda har yili 450 tadan korxona energetik tekshiruvlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

“Inspeksiyaga bu yili nazorat organi emas, balki aholi va tadbirkorlar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlariga ko‘makchi sifatida energiya resurslarini tejash topshirildi”, — dedi u.

Avvalroq bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinishi xabar berilgandi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.