Xitoyning “Bank of China” banki sun’iy intellektlarni rivojlantirishga 1 trln yuan ($137 mlrd) sarmoya kiritdi.
Ushbu mablag‘ innovatsion sun’iy intellektni ishlab chiqishga sarflanadi va sarmoya dastruriga — “Harakatlar rejasi” deb nom berildi.
2024-yil oxiriga kelib, Xitoy banki 100 mingdan ortiq texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlab, 1,91 trln yuan miqdorida texnologik moliyaviy kreditlar taqdim etdi.
Kelgusida Xitoy Banki qazib olish omillarini yetkazib berish, qayta ishlash sohasidagi texnologik innovatsiyalar, qayta ishlash ssenariylarini qo‘llash va sun’iy intellekt tarmoq zanjirining boshqa jihatlari bo‘yicha moliyaviy ehtiyojlarni aniq qondirish uchun yanada kuchliroq choralar ko‘radi.
Qayd etilishicha, bu Trampning yaqindagi sun’iy intellektlarni rivojlantirish uchun $500 mlrd ajratilishi haqidagi qaroriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob hisoblanadi.
“Stargate” loyihasi doirasida sun’iy intellektning yangi infratuzilmasini barpo etish uchun kelgusi to‘rt yil mobaynida $500 mlrd mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Dastlabki $100 mlrd tezda bilan ajratilishi ta’kidlanmoqda.
“Stargate” “SoftBank”, “OpenAI”, “Oracle” va “MGX” kabi kompaniyalardan moliyaviy mablag‘ oladi. “SoftBank” asosiy moliyaviy hamkor sifatida ishtirok etadi, “OpenAI” esa operatsion boshqaruvni o‘z zimmasiga oladi.
Mazkur loyiha raisi lavozimiga “SoftBank” boshqaruv kengashi raisi Masayosi Son tayinlandi. Birinchi ma’lumotlarni qayta ishlash markazining qurilishi Texasda allaqachon boshlanib ketgan.
Loyiha sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash uchun jismoniy va virtual infratuzilmani, shu jumladan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, chiplarni ishlab chiqarish va texnologiyalar ishlashi uchun resurslarni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tashabbus AQShni qayta sanoatlashtirishga, milliy xavfsizlikni mustahkamlashga va global iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi.
OpenAI bosh direktori Sem Altman loyihani “zamonaviy tarixdagi eng muhim” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, AQSH sun’iy intellekt sohasida, ayniqsa, Xitoy bilan raqobat sharoitida jahon yetakchisi bo‘lib qolishi kerak.