Toshkentda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “S.T.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib olgani aniqlangan.
Buning natijasida jami 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Avvalroq “Spot” Samarqandda mayning ferma 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xususan, Ishtixon tumanida korxona rahbari mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulash orqali 2 mln kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.