Qozog‘istonlik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan chegarada kartoshka ortilgan 43ta vagon ushlanib qolgani uchun mamlakat hukumatini sudga berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “KTK” telekanali xababr berdi.
Qayd etilishicha, yanvar oyi o‘rtalarida tadbirkorlar kartoshkani O‘zbekistonga sotgan va yuk tarkibi xaridorga yo‘l olgan. Biroq chegarada uni fitosanitariya tekshiruvi uchun to‘xtatishgan.
Tadbirkorlarning aytishicha, Qozog‘istondagi Sariag‘ash temir yo‘l stansiyasidagi uzoq tekshiruvlar sababli ularning kartoshka hosili muzlab, chirib ketgan. Tadbirkorlardan biri to‘xtab qolish oqibatida 60 mln tenge yoki $116,1 ming miqdorida zarar ko‘rganini ma’lum qildi.
Sotuvchilarning aytishicha, bitta vagonda 68 tonna bor. Lekin u endi ishlatishga yaroqsiz. Bunday kartoshkani hatto molga ham yedirish mumkin emas. Ular yukni nima uchun shunchalik uzoq ushlab turishganini tushunmayaptilar.
Barcha hujjatlar yanvar oyi o‘rtalarida — eksportga taqiq joriy qilinishidan oldin rasmiylashtirilgandi. Shu sababli tadbirkorlar yukni bunchalik uzoq ushlab turishga hech qanday asos yo‘q deb hisoblashmoqda.
“Endi tovarni xaridorga jo‘natish ham imkonsiz bo‘lib qoldi. Mahalliy hokimiyat avvalroq uni yarim narxida sotib olishni taklif qilgandi”, dedi sotuvchilardan biri.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ta’kidlashicha, sabzavot yuklangan vagonlar belgilangan tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ularning keyingi harakatlanishi uchun hech qanday to‘siq aniqlanmagan.
Zarar ko‘rgan beshta kompaniya vakillari mansabdor shaxslarni sudga berish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Avvalroq “Spot” Qozog‘iston kartoshka eksportini olti oyga cheklagani haqida yozgandi.
Cheklov ichki narxlar oshishi, qo‘shni mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda talab keskin oshgan sabab kiritilmoqda. Ushbu chora YOII davlatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi, biroq bu yo‘nalishdagi eksport ham nazorat ostida bo‘ladi: