“Amazon” kompaniyasi o‘zining aloqa va barqaror rivojlanish bo‘limlarida lavozimlarni qisqartirmoqda. Bu haqda “TechCrunch” nashri kompaniya ichki xizmat xatiga tayanib xabar berdi.
Qisqartirishlar “Amazon"ning ofisga qaytish bo‘yicha bahs-munozarali siyosati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sentabr oyida “Amazon” bosh direktori Endi Jassi xodimlarga 2025-yildan boshlab haftasiga besh kun ofisga qaytishlari shart bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi, biroq bu qaror xodimlar tomonidan salbiy munosabat bilan kutib olindi.
“Biz juda tor doirada ishlaydigan yoki keragidan ortiq qatlamlarni yuzaga keltirgan bir nechta lavozimlarni aniqladik. Bu holatlarda tuzilmani soddalashtirish yoki ish yuklamasini qayta taqsimlash orqali muammoni hal qila olmadik,” — deydi katta vitse-prezident Dryu Xerdener.
Uning ta’kidlashicha, muammoni hal qilish va biznes uchun to‘g‘ri qaror qabul qilish maqsadida, biz kommunikatsiya va barqaror rivojlanish bo‘limlaridagi bir nechta kichik lavozimlarni tugatishga qaror qilingan.
Xerdener Jassi bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga havola qildi. Unda bosh direktor kompaniya xodimlar sonini qisqartirishning ishchi kuchini qayta tashkil etishdagi maqsad emasligini ta’kidlagan edi.
“Amazon” ba’zi lavozimlarni pastroq darajadagi xodimlar bilan to‘ldirganidan so‘ng, uning bo‘limidagi xodimlarning umumiy soni o‘zgarishsiz qoladi, deya qayd edi Xerdener.
Avvalroq “Spot” “Amazon” tarixida xodimlarning eng yirik ish tashlashi boshlangani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, “Amazon Teamstears” bo‘limi kompaniyadan ishchilar uchun yaxshi ish sharoitlarini talab qilmoqda.