“O‘ztemiryo‘lkonteyner"ning Nukus logistika markazida umumiy maydoni 1110 kvadrat metr bo‘lgan yangi ochiq turdagi bojxona ombori ishga tushirildi.

Mazkur ombor hududiy bojxona vakillari yordamida tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Ombor nafaqat yuklarni vaqtincha saqlash, balki ularga tegishli bojxona operatsiyalari hamda multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatini ham beradi.

Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” tomonidan 2020-yildan boshlab Rouston, Marg‘ilon, Qo‘qon, Jizzax, Ulug‘bek, Termiz, Buxoro logistika markazlarida tashkil etilgan.

Ularning umumiy maydoni 15 000 kvadrat metr ochiq turdagi va 6 200 kvadrat metr yopiq turdagi bojxona omborlari orqali yuklarni ortish, tushirish, saqlash va bojxona ko‘rigidan o‘tkazish kabi xizmatlar samarali tashkil etib kelinmoqda.


Avvalroq Germaniyaning “Rhenus Group” kompaniyasi bilan Andijonda logistika markazi tashkil etilgani haqida yozgandi.

2026-yilgacha unga 20 mln yevro miqdorida investitsiya yo‘naltiriladi. Markazda konteyner blok-poyezdlarini tashkil etish, yuklarni ortish-tushirish hamda saqlash rejalashtirilgan.