4-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Bir gramm qimmatbaho metall 1 mln 214 ming 300 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln 71 ming so‘mdan sotilmoqda.

17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchov quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 71 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln 143 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln 286 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 60 mln 715 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 121 mln 430 ming so‘mni tashkil qiladi.

4-fevral oltinning birja kotirovkalari narxi yuqorilab, bir troya unsiyasi uchun $2800dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $2819,5ni tashkil qildi.