4-fevral kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Nurafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani — “Nishabariq” MFYning ayrim hududlarida soat 10:30 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
2024-yilning iyun oyida o‘tkazilgan davlat rahbari avariyaviy o‘chirishlarni to‘xtatish uchun yil oxirigacha muammolarni bartaraf etishni topshirdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 14 trln so‘m ajratilishi, 30 ming km tarmoq, 10 mingta transformator yaxshilanishi belgilangandi.
Noyabr oyida prezident bu mavsumda elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni avvalgi yillarga nisbatan yaxshilash vazifasini berdi. Bu bo‘yicha kompaniyalar tayyorligini, avariyaviy brigadalar, berilgan zaxiralarni, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari hamda maxsus texnikalarning tayyor holatda ekanligi qayd etildi.
Avvalroq “Spot” Toshkentda mayning ferma 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqarolar konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib olgani aniqlangan.