Farg‘onada 32 ming litr AI-80 markali avtobenzinni noqonuniy tarzda naqd pulga sotuvga chiqargan MChJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlandi.
Farg‘ona viloyatida neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi “N.O.” MCHJ tomonidan 252,8 mln so‘mlik AI-80 markali avtobenzinni noqonuniy tarzda naqd pulga sotish uchun Toshkent shahriga olib kelingan vaqtda ushlandi.
Mazkur MCHJning neft mahsulotini noqonuniy sotuvga chiqarilishi yuzasidan IIV tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Spot” yil yakunigacha O‘zbekistonda AI-80 benzinini sotish cheklanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Oldinroq bu 2028-yilga qoldirilgandi. Davlat dasturi loyihasi bilan esa “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni 2025-yil oxirigacha cheklash taklif etilmoqda.