5-fevral kuni oltin quymalar narxi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin 1 mln 222 ming 7300 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln 114 ming so‘mdan sotilmoqda.

17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchovдш quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 114 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln 227 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln 455 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 61 mln 137 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 122 mln 273 ming so‘mni tashkil qiladi.

5-fevral oltinning birja kotirovkalari narxi yuqorilab, bir troya unsiyasi uchun $2850dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $2855,5ni tashkil qildi.