Toshkentda o‘tkaziladigan farishtalar va venchur investitsiyalari bo‘yicha seminarga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

“Silkroad Angels Club”, “IT Park Ventures”, “U-Enter” va “IT Park Uzbekistan” tomonidan tashkil etilayotgan vorkshopda startap tadbirkorlar va investorlar ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha kapitalni malakali tarzda ko‘paytirish, AQShdagi Silikon vodiysining eng yaxshi startaplariga kirish va venchur bozorining “nozik” jihatlarini tushunishga qaratilgan.

Vorkshopda quyidagi savollarga javob olish mumkin bo‘ladi:

  • Mos venchur investitsiyalashni qanday aniqlash mumkin?
  • Nimadan boshlash kerak, qanday bilim va ko‘nikmalar zarur?
  • Investitsiya portfeli qanday shakllanadi va bitimlar qanday tuziladi?
  • Farishtalar klublari investorlarga eng yaxshi bitimlarga erishishda qanday yordam beradi va boshqalar.

Seminar ishtirokchilari norasmiy davrada yetakchi ekspertlar bilan muloqot qilishlari mumkin.

startaplar, venchur, seminar, vorkshop

Foto: Abay Absamet, Asset Abdualiyev (chapdan)

Spikerlar — Silikon vodiysidagi “Silkroad Innovation Hub” va “Silkroad Angels Club” bosh direktori va asoschisi Asset Abdualiyev hamda “Silkroad Angels Club” boshqaruvchi hamkori, investitsiyalar, venchur kapital va startap ekotizimlari bo‘yicha mutaxassis Abay Absamet.

Vorkshop joriy yilning 11-fevral kuni soat 16:30 da “U-Enter” markazida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish bepul.

Buning uchun talabgorlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Dasturga ishtirokchilar ularning arizalarida keltirilgan qiziqishlari va tajribasi asosida tanlab olinadi. Qabul qilinganlarga takliflar tanlovdan so‘ng individual tarzda yuboriladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank” ham o‘z venchur fondlarini tashkil etgani haqida xabar berilgandi.