6-fevral kuni oltin quymalar narxi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin 1 mln 235 ming 920 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln 180 ming so‘mdan sotilmoqda.

17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchovдш quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 180 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln 359 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln 718 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 61 mln 796 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 123 mln 592 ming so‘mni tashkil qiladi.

5-fevral oltin fyucherslari narxi tarixiy maksimumni yangiladi, bu Comex birjasi (Nyu-York tovar birjasining bo‘linmasi) ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Bir unsiya narxi birinchi marta $2900dan oshdi, soat 15:30da qimmatbaho metall narxi bir unsiya uchun $2901,41ni tashkil qilgan, keyinchalik narx pasaydi.