2025-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda qiymati 17,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 10 mln 51 ming 619 kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Qayd etilishicha, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.
Avvalroq Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.
Xususan, fuqarolar tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Avvalroq “Spot” 2024-yilda 1,4 trln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqjda yozgandi.
Xususan, 730,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va 679,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.