Yevropaning bir qator asosiy mamlakatlarida “Tesla” elektromobillari savdosi keskin pasaydi, deb yozadi “Financial Times”.
Mahalliy xaridorlarning noroziligi uning rahbari Ilon Maskning mintaqa siyosatiga aralashishga urinishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, Yevropadagi yagona “Tesla” zavodi joylashgan Germaniyada yanvar oyida kompaniyaning bor-yo‘g‘i 1277ta yangi elektromobillari ro‘yxatga olingan.
Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 59,5%ga kam. Taqqoslash uchun, Germaniyada elektromobillar bozori 50%dan ko‘proqqa o‘sgan bo‘lsa-da, “Tesla"ning ulushi 14%dan 4%ga tushdi, deb yozadi nashr.
Avtomobil sohasi tahlilchisi Mattias Shmidtning aytishicha, “Tesla"ning Germaniyadagi savdosi pasayishi xaridorlar Y modelining yangi versiyasini kutayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu yangi versiya 2025-yilning birinchi yarmida bozorga chiqishi kutilmoqda.
Biroq, FT tomonidan so‘ralgan boshqa ekspertlar ham buning Mask tomonidan Germaniya ishbilarmonlari va siyosiy doiralari orasida zararli deb hisoblanadigan o‘ta o‘ng qanotdagi “Germaniya uchun muqobil” partiyasini qo‘llab-quvvatlashiga nisbatan salbiy munosabat ekanligiga ishonch bildirmoqdalar.
Xususan, tadbirkorlardan biri nashrga “Tesla” egalari uni “Men buni Ilon aqldan ozishidan oldin sotib olganman” degan yozuvli stikerlar uchun buyurtmalar bilan ko‘mib tashlaganini aytib o‘tdi.
Avvalroq “Tesla” robot taksi va robofurgonni namoyish qilgani haqida yozgandi.
Robot taksini ommaviy ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi, har bir avtomobilning narxi $30 mingdan kam bo‘ladi.