Hozirda payme oyiga 4,2 mlndan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. 2024-yil davomida ilova foydalanuvchilari tomonidan qariyb 43,7 trln so‘mlik 159 mlndan ortiq P2P o‘tkazmalari amalga oshirildi. Mijozlarni majburiy identifikatsiya qilish xizmatni yanada qulayroq va xavfsizroq qilishga yordam beradi.

Fintex xizmatlaridan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish — firibgarlik va boshqa moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishda yordam beradigan umumqabul qilingan jahon amaliyotidir. Banklar va to‘lov xizmatlari mijozlarini majburiy identifikatsiya qilishi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to’g’risida"gi qarorining yo‘l xaritasiga kiritilgan. Dastur ijrosi 2024−2025-yillarga mo‘ljallangan.

Shaxsni tasdiqlash uchun foydalanuvchi ilovada selfi olib, pasport ma’lumotlari yoki JSHSHIRni kiritadi: ularning muvofiqligi esa davlat xizmatlari bazasi tomonidan tasdiqlanadi. payme’da bu bir zumda amalga oshirilib, bu identifikatsiyalangan foydalanuvchilar himoyasini kuchaytirishdan tashqari, ular yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: davlat xizmatlaridan foydalanish, pul o‘tkazmalari uchun oshirilgan limitlar va boshqa imtiyozlar.

Maksimal darajada soddalashtirilgan jarayon allaqachon millionlab mijozlarga identifikatsiyadan o‘tish imkonini berdi.

“Mijozlarimiz payme ilovasidan faqat telefon raqami orqali foydalanish mumkinligiga o‘rganib qolishgan: ilovadagi kirish va operatsiyalarni SMS-kod orqali tasdiqlashadi. Ammo texnologiyalar rivojlanmoqda, firibgarlar doimiy ravishda aldashning yangi usullarini o‘ylab topishmoqda, shuning uchun foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish zaruratga aylanmoqda”, — deydi payme top-menejeri Stanislav Skvirskiy.

Mijozlarni aniqlash firibgarlikka qarshi kurashishda qanday yordam beradi

Ilgari onlayn to‘lovlarni amalga oshirish uchun shaxsni tasdiqlash shart emas edi. Bundan ko‘pincha firibgarlar foydalanib, foydalanuvchilarning hisoblariga ruxsatsiz kirishgan va o‘z hisoblariga pul o‘tkazishgan. Majburiy identifikatsiya firibgarlarni bu ishni anonim tarzda amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qiladi, natijada ruxsatsiz tranzaksiyalar xavfini minimallashtirib, foydalanuvchilarning xavfsizlik darajasini oshiradi.

Fintex xizmatlar nima sababdan parolni o‘zgartirganda va ilovaga yangi jihozdan kirganda shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

Foydalanuvchi parolni o‘zgartirmoqchi bo‘lganda yoki boshqa smartfondan ilovaga kirganda, xizmat uchun bu harakatni aynan foydalanuvchining o‘zi bajarayotganiga ishonch hosil qilish juda muhim. Bu SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan telefon firibgari emas, balki haqiqiy foydalanuvchi ekanligini tekshirish uchun zarur. Qo‘shimcha tekshiruv zudlik bilan amalga oshiriladi va bu hisobning o‘g‘irlanishi hamda keyinchalik yuz berishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishga yordam beradi.

Raqamli dunyoda xavfsizlik — bu foydalanuvchilar va xizmat vakillarining birgalikdagi mas’uliyati hisoblanadi. payme ilovasida shaxsni hoziroq tasdiqlash mumkin. O‘z navbatida, xizmat identifikatsiya jarayonini soddalashtirish bilan bir qatorda onlayn to‘lovlar ekotizimini yanada ishonchli qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.