Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) tizimi orqali tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 164,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ma’lumot 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida taqdim etilgan hisobotdan olingan.
O‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 11,8%ga oshgan. Elektron davlat xaridlari hajmi 12 oy davomida 5,3%ga ko‘paygan bo‘lsa, birja savdolaridagi aylanma o‘sishi deyarli 15%ga yetdi.
“Chiroyli” avtomobil raqamlarini sotishdan tushgan daromad ikki baravar oshdi. Jami 195 mingta kombinatsiya sotilgan bo‘lib, ularning 97%ini jismoniy shaxslar sotib olgan.
Eng qimmat raqam 24-dekabr kuni o‘tkazilgan auksionda “chiroyli” avtoraqam rekord darajada qimmat — 965,3 mln so‘m yoki $75 mingga sotilgandi.
Shuningdek, birja orqali umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Sertifikat bo‘yicha birjada shakllangan birja kotirovkasi bir dona sertifikat uchun 13,6 ming so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq “Spot” gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami berilishi haqida yozgandi.
Shuningdek, yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshiriladi.