Biznes tarixi: AQShda taqiqqa uchragan “Kinder Surprise” shirinliklari

Bu gal “Spot” sizga an’anaviy “Kinder Surprise” shirinligi AQShda nima sababdan taqiqlangani, uning yaratilishda “Pasxa"dan ilhomlanilgani va kolleksionerlar tomonidan yig‘ib boriladigan o‘yinchoq qanday yaratilgani haqida hikoya qiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Koreyada GKS granti asosida ta’lim olayotgan Nozimabonu Sirojiddinova hikoyasi

Nozimabonu GKS grantini qanday qo‘lga kiritgani, buning uchun talab etiladigan hujjatlar hamda grant taqdim etadigan imkoniyatlar, shuningdek, Koreyada nega culture shock bo‘lgani haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda. Iqtisodchilar qanday fikrda?

O‘zbekistonda 1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda. Iqtisodchilarning fikricha, bu notarif cheklovlarga qo‘shimcha ravishda joriy etilayotgan boj to‘lovi bo‘lib, Jahon savdo tashkiloti tamoyillariga ziddir.

hafta yakuni, yangiliklar


2024-yilda O‘zbekiston banklari qancha foyda ko‘rdi?

Eng ko‘p foyda olgan bank “O‘zmilliybank” bo‘ldi, “Hamkorbank” va “O‘zsanoatqurilishbank” top-3 talikka kirdi. Bir vaqtning o‘zida 9 ta moliya tashkiloti zarar ko‘rdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi.
    Unga ko‘ra, 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.
  2. Ayrim ulgurji iste’molchilarga gaz yetkazib berish cheklandi — “Hududgazta'minot”
    Avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasaygan. Birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlash uchun 3-fevral kuni ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritildi.
  3. 5-fevraldan Rossiyada migrantlar uchun bir qator cheklovlar kuchga kirdi.
    Ular orasida maxsus nazorat rejimi, chiqarib yuborish tartibi, kirish qoidalarini buzganlik va noqonuniy migrantlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun jarimalar, shuningdek, istalmagan shaxs maqomi kabilar bor.
  4. 2024-yilda Toshkentda yer narxi va ijara to‘lovlari pasaydi — Markaziy bank
    Birlamchi uy-joy bozorida narxlar so‘mda 11,4% ga, ikkilamchi bozorda esa 6,3% ga oshdi.
  5. Shveysariya Gulnora Karimovadan musodara qilgan $182 mlnni O‘zbekistonga qaytaradi.
    Qayd etilishicha, mablag‘lar BMTning “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi rejalashtirilgan.
  6. O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirdi.
    Mamlakatda oltin ishlab chiqarish OKMK va NKMKda qazib olish hajmining oshishi hisobiga 8% ga o‘sdi.
  7. Onlayn kredit olish tartibi soddalashtiriladi — prezident
    Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqish topshirildi.
  8. Alisher Usmonov Germaniya nashri ustidan sudda g‘alaba qozondi.
    Qayd etilishicha, Gamburg sudi “Tagesspiegel” nashriga tadbirkor Alisher Usmonov haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishni taqiqladi.
  9. Prezident yil oxirigacha O‘zbekistonda AI-80 benzini savdosini cheklash bo‘yicha topshiriq berdi.
    Issiqlik elektr markazi va stansiyalarida yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan havoni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish korxonalari ko‘chiriladi.
  10. O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati $35 mlrddan oshib, rekordni yangiladi.
    Xalqaro aktivlar oltin narxining oshishi hisobiga $1,72 mlrdga o‘sdi. Biroq valyuta zaxiralari $1,3 mlrdga kamaydi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

payme ilovasi yangi xavfsizlik darajasiga o‘tmoqda

To‘lov tizimi xizmatlar xavfsizligini oshirish uchun ilovada shaxsni tasdiqlashni majburiy qilmoqda — bu tartibga soluvchi organlarning oxirgi talablariga ham mos keladi.

Hyundai brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Hyundai Auto Asia kompaniyaning olti yilligini nishonladi

O‘zbekistonda Hyundai brendi rasmiy distribyutori Astana Motors kompaniyalari guruhiga kiruvchi Hyundai Auto Asia olti yilligini nishonladi va Hyundai Tucson krossoverining yangilangan versiyasini taqdim etdi.

ASKO Comfort: avtoshinalar savdo tarmog‘i ASKO kompaniyasining maxsus loyihasini taqdim etmoqda

Avtomobil uchun sifatli shina va akkumulyatorlarni ASKO Comfort ko‘chma servis do‘koni — tez va oson almashtirish imkoniyatini taqdim etadi.