O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotgan “Angel Connect Hackathon” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park Uzbekistan” matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir 28-fevraldan 2-martgacha bo‘lib o‘tadi va sun’iy intellekt yordamida biznes jarayonlarini optimallashtirishga bag‘ishlanadi.
Xakatonning maqsadi “dasturchilar, tadbirkorlar va investorlarni sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratishda birlashtirish"dir.
Tashkilotchilar rivojlanish bo‘yicha intensivga 100 nafar mutaxassisni to‘plashni rejalashtirmoqda. Ishtirok etish uchun besh kishidan iborat jamoalar yoki jamoalardan biriga kiritiladigan individual ishtirokchilar taklif etiladi.
Xakaton 48 soat davom etadi, unda ishtirokchilar oziq-ovqat, ish joyi, shuningdek, mentorlik yordami bilan ta’minlanadi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi.
Avvalroq “Spot” farishtalar va venchur investitsiyalari bo‘yicha seminarga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
Unda ishtirok etish bo‘lib, buning uchun onlayn ariza jo‘natish kerak. Nomzodlar qiziqish va tajribasi asosida tanlab olinadi.