Toshkentning Yangihayot tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
10-fevral kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 10:00dan 18:00gacha Yangihayot tumanining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
- Aholi isteʼmolchilari soni: “Yangi Gulzor” MFYdagi 68ta xonadon;
- ugurji isteʼmolchilar soni: 2ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq “Spot” Toshkent va Buxoro viloyatlarida 4,3 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, fuqarolar issiqxonalarda umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib olgani aniqlangan.