2013-yilda 7500 bitkoinli qattiq diskni tashlab yuborgan britaniyalik Jeyms Xauells qurilmani qidirish uchun butun shahar axlatxonasini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida “The Guardian” xabar bermoqda.
Ilgari Nyuport shahri ma’muriyati unga yordam ko‘rsatishdan bosh tortgan va sud amaldorlar tomonini olgan, biroq Xauells o‘tgan yillar davomida qiymati qariyb $750 mlngacha yetgan o‘z jamg‘armalarini topish umidini yo‘qotmayapti.
Jeymsning aytishicha, disk 12 yil oldin xato tufayli tashlab yuborilgan va o‘shandan beri u uni qaytarib olishga urinib kelmoqda.
Xauells mahalliy hokimiyatdan qattiq diskni qaytarishda yordam so‘rab bir necha bor murojaat qilgan, ammo har safar rad javobini olgan.
U axlatni saralash va bitkoinlar topilgan taqdirda ularni bo‘lishishni o‘z ichiga olgan turli xil rejalarni ishlab chiqqan. Shahar ma’muriyati esa o‘z rad javoblarini huquqiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga ko‘ra qazish ishlarini olib borishning imkoni yo‘qligi bilan izohlagan.
Britaniyalik shaxs hukumat bilan sud jarayonini boshlagan, biroq oxir-oqibat sud Xauellsning chiqindixonaga kirishga ruxsat berish yoki 495 mln funt sterling (taxminan $613 mln) miqdorida tovon puli to‘lash haqidagi da’vosini rad etgan. Sudya o‘shanda bu da’voni qo‘zg‘atish uchun “oqilona asoslar” mavjud emasligini ta’kidlagan.
Ma’muriyat chiqindixonani yopishni rejalashtirmoqda va uning hududining bir qismida quyosh elektr stansiyasini qurishga ruxsat oldi, deb yozadi nashr.
Qayd etilishicha, Xauells esa endi yo‘qolgan boylikni topish uchun chiqindixonani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
U chiqindixonaning tez orada yopilishi haqidagi xabar o‘zi uchun “mutlaqo kutilmagan yangilik” bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ma’muriyat sudda bitkoinlarni qidirish uchun chiqindixonani yopish Nyuport aholisiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan, endi esa ular aslida chiqindixonani har qanday holatda ham yopishni rejalashtirganini ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq “Spot” bitkoin narxi keskin pasayib, $95 minggacha tushib ketgani haqida yozgandi.
Bunga AQSh federal zaxira tizimini kriptovalyutada yaratishni rad etgan sabab bo‘lgan.