“OpenAI” kompaniyasi rahbari Sem Altman sun’iy intellektga asoslangan qurilma rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda Altman “Nikkei” nashrigа bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“ChatGPT” suhbat-botini yaratgan “OpenAI” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya loyiha ustida “Apple"ning sobiq bosh dizayneri Jonni Ayv bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Kompaniya sun’iy intellekt vositalariga asoslangan va ovozli interfeysga ega bo‘lgan ko‘chma qurilmani tayyorlamoqda. Altman ushbu qurilma ovozli buyruqlar orqali boshqarilishini ta’kidladi.

“Nikkei” jurnalistlari eslatib o‘tishicha, “OpenAI” tomonidan smartfon o‘rnini bosuvchi mahsulot chiqarilishi haqidagi mish-mishlar 2024-yildan buyon tarqalmoqda.

Shu bilan birga, sentabr oyida “The New York Times” gazetasi manbalari Jonni Ayv “OpenAI” bilan hamkorlikda telefonning muqobil qurilmasini yaratishini tasdiqladi.

Koreyaning “The Elec” nashrida bergan intervyusida Sem Altman o‘z kompaniyasi sun’iy intellekt bilan bog‘liq so‘rovlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan maxsus chip ishlab chiqayotganini ham ma’lum qildi. “OpenAI” rahbari jurnalistlar bilan suhbatda qurilmaning aniq chiqish muddatini aytishdan bosh tortdi.


Avvalroq “Spot” “ChatGPT” qidiruv tizimini barcha foydalanuvchilar uchun tekin qilgani haqida yozgandi.

Endilikda ro‘yxatdan o‘tmasdan sun’iy intellekt qidiruv tizimidan tekin foydalanishi mumkin.