12-fevral kuni Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlarda iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Yunusobod tumani — “Hasanboy” hamda “Islomobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00dan 15:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari"mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.
2024-yilning iyun oyida o‘tkazilgan davlat rahbari avariyaviy o‘chirishlarni to‘xtatish uchun yil oxirigacha muammolarni bartaraf etishni topshirdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 14 trln so‘m ajratilishi, 30 ming km tarmoq, 10 mingta transformator yaxshilanishi belgilangandi.
Noyabr oyida prezident bu mavsumda elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni avvalgi yillarga nisbatan yaxshilash vazifasini berdi. Bu bo‘yicha kompaniyalar tayyorligini, avariyaviy brigadalar, berilgan zaxiralarni, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari hamda maxsus texnikalarning tayyor holatda ekanligi qayd etildi.
Avvalroq “Spot” Toshkentda 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, tadbirkor elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tijorat maqsadida 2 mln kVt soat elektr energiyasidan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalangan.