11-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Bir gramm qimmatbaho metall 1 mln 246 ming 220 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 6 mln 231 ming so‘mdan sotilmoqda.
Bu yilgi rekord yil boshidan buyon sakkizinchisi bo‘ldi. Qimmatbaho metall bir yarim oydan kamroq vaqt ichida 10%ga va o‘tgan yilga nisbatan 48,3%ga qimmatlashdi.
17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchov quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 231 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln 462 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln 924 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 62 mln 311 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 124 mln 622 ming so‘mni tashkil qiladi.
Oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $2920dan oshdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $2922,7ni tashkil qildi.
Ekspertlar AQSh prezidenti Donald Trampning yangi bojlar joriy etish va savdo hamkorlari bilan ziddiyatlarni kuchaytirish bilan tahdid qilishi fonida oltin narxining o‘sishi davom etayotganini noaniqlik bilan izohlamoqda.