Buyuk Britaniyaning University College London universiteti Global magistratura (Global Masters Scholarship) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura darajasi uchun ariza jo‘natishlari mumkin. Dastur daromadi past bo‘lgan xalqaro talabalarga to‘liq ravishda magistraturada o‘qish imkonini berish va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • xorijda to‘lov stavkasini to‘lash huquqiga ega;
  • pastroq daromadli oiladan bo‘lish;
  • 2025−2026 o‘quv yili uchun universitetning kunduzgi magistratura bosqichiga ariza topshirgan bo‘lish.

Ariza berish jarayonida yuqori akademik daraja va baholar haqida ma’lumot taqdim etish talab etiladi. Bunda baholarni Buyuk Britaniya ekvivalentiga o‘girib ko‘rsatish zarur. Oilaviy daromadni qanday aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomani dastur sahifasidan topish mumkin.

Masofaviy ta’lim imkoniyatlari mavjud emas hamda talabalar UCLda shaxsan borib o‘qishlari kerak. Qabul yili uchun 85 tagacha grant ajratiladi.

Qabul qilinganlarga 15 ming funt sterling ($18,5 ming) miqdorida stipendiya ajratiladi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda talabaning o‘qish to‘loviga, qolgan qismi esa o‘quv yili davomida ta’minot uchun yo‘naltiriladi.

Agar dastur bir yillik bo‘lsa, stipendiya faqat shu davr uchun taqdim etilib, yuqoridagi stipendiya miqdorining 50%i ajratiladi.

Talabalar “UCL Global Masters” grantini boshqa stipendiya va mukofotlar bilan birga olishlari mumkin. Bunda UCLning miqdori talaba tomonidan olingan boshqa mablag‘larning umumiy qiymatiga qarab belgilanadi.

Grant oluvchilar stipendiya topshirilgungacha yoki undan keyin beriladigan har qanday boshqa mablag‘lar haqida xabardor qilishlari shart.

Nomzodlar arizalarni joriy yilning 8-mayigacha havola orqali jo‘natishlari mumkin. Natijalar iyun oyi oxirigacha ma’lum qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq Ruminiya hukumatining stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Talabalarning o‘qish to‘lovi va yotoqxona xarajatlari qoplab berilib, ularga oylik stipendiya ajratiladi.